DataLife Engine / Tadbirkorlar bilan uchrashuv

Tadbirkorlar bilan uchrashuv

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi Shovkat Salixov va tuman hokimi Jahongir Nazarovning Bogʻot tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tadbirkorlik subyektlari muammolarini oʻrganish va ularga amaliy yordam koʻrsatish, bojxona tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda soha vakillari va eksport bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarning murojaatlari va takliflari eshitildi.
Shuningdek, uchrashuvda davlatimiz tomonidan tadbirkorlik subyektlariga bojxona sohasida berilayotgan imtiyozlar va qulayliklar, “Eksport uch qadamda” tizimi hamda “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimining afzalliklari haqida batafsil maʼlumot berildi.



17-06-2024, 10:40
Вернуться назад