DataLife Engine / Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Bugungi kunda Bog‘ot tumanida yoshlar muammolarini o‘rganish va tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Joylarda tashkil etilayotgan ochiq muloqotlar esa bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugun tuman hokimligida sektor rahbarlari va yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Jahongir Nazarov, sektor rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdi. Rasmiyatchilikdan xoli, o‘zaro samimiy muloqot ruhida o’tgan uchrashuvda yoshlar sektor rahbarlariga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, yangi gʻoya va tashabbuslari yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilib, savollariga javob olishdi.
O‘z navbatida sektor rahbarlari yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilgan ishlar xususida toʻxtalib, tadbir ishtirokchilarini rasmiyatchilikdan xoli boʻlish, ochiq va oshkora muloqot qilishga chaqirdi.
Tadbir yakunida bir qator iqtidorli yoshlar esdalik sovgʻalari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.








15-06-2024, 10:46
Вернуться назад