DataLife Engine / Tuman hududidagi ayrim joylarda transport vositalarining harakati vaqtinchalik to'xtatiladi

Tuman hududidagi ayrim joylarda transport vositalarining harakati vaqtinchalik to'xtatiladi

Qurbon hayiti munosabati bilan 16-iyun kuni soat 03:00 dan 08:00 gacha Bog‘ot tumani hududidagi Nurafshon shaharchasida joylashgan “Darvesh bobo” va “Tolli bobo”, Yangi qadam shaharchasida joylashgan “Imorat bobo”, Uzumzor shaharchasida joylashgan “Odina eshon bobo”, Nayman mahallasida joylashgan “Qarri xo‘ja bobo”, Qalajiqqal’a mahallasida joylashgan “Erali eshon bobo”, Sohibkor mahallasida joylashgan “Ismoil shayx bobo”, Gulshan mahallasida joylashgan “Nazar ota” va “Bejganik bobo”, Bog‘iston mahallasida joylashgan “G‘oyib bobo”, Ashxobod mahallasida joylashgan “Abdol bobo”, Qulonqorabog‘ mahallasida joylashgan “Taval bobo”, Qorabog‘ mahallasida joylashgan “Xo‘ja bobo”, Yuksalish mahallasida joylashgan “Qazanpir bobo”, Navbahor mahallasida joylashgan “Mirhoshim bobo”, Navro‘z mahallasida joylashgan “Saidmansur eshon bobo” masjidlari oldida transport vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik to‘xtatiladi. 
15-06-2024, 10:49
Вернуться назад