DataLife Engine / Bayram arafasida bemorlar holidan xabar olindi

Bayram arafasida bemorlar holidan xabar olindi

Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov Qurbon hayiti munosabati bilan tuman tibbiyot birlashmasida davolanayotgan bemorlar holidan xabar oldi.
Tuman hokimi sogʻligini tiklash, davolanish zarurati tufayli ulugʻ ayyom kunlarini shifoxonada kutib olayotgan yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashib, ularni yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bilan tabriklab, tezroq sog‘ayib ketishlarini tiladi hamda bayram sovg‘alarini topshirdi.
Shuningdek, tuman hokimi bo‘limlarda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini o‘rgandi, shifokorlar, bemorlar hamda ularning yaqinlari bilan muloqotda bo‘ldi.




 


14-06-2024, 19:30
Вернуться назад