DataLife Engine / Iqtidorli maktab bitiruvchilari oltin va kumush medallari bilan taqdirlandilar

Iqtidorli maktab bitiruvchilari oltin va kumush medallari bilan taqdirlandilar

Joriy o‘quv yilida Bog‘ot tumanidagi 53 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabini 2 245 nafar oʻquvchilar bitirmoqdalar. Ular orasida eng tirishqoq, zukko va intiluvchan 40 nafar oʻquvchilarning oltin va kumush medallar sohibi boʻlgani yanada quvonarli. Bugun tuman hokimligida umumtaʼlim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan oʻquvchilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi Jahongir Nazarov bitiruvchilarni bugungi unutilmas kun bilan tabriklab, yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va ragʻbatdan foydalangan holda ilm choʻqqilarini egallab, katta hayot yoʻlida mamlakatimiz ravnaqi uchun astoydil mehnat qilishlari lozimligini taʼkidlab oʻtdi.
Shundan soʻng tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan oʻquvchilarga oltin va kumush medallari tantanali tarzda topshirildi.




14-06-2024, 14:38
Вернуться назад