Seminarda soʻzga chiqqan tuman hokimi Jahongir Nazarov dehqonlarning samarali mehnatlari natijasida tumanimizda moʻl gʻalla hosili yetishtirilgani, oldinda muhim va masʼuliyatli jarayon – gʻalla hosilini uyushqoqlik bilan yigʻishtirib olish hamda gʻalladan boʻshagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish masalalariga to‘xtaldi.
Maʼlumot uchun, joriy mavsumda tuman boʻyicha 3 ming gektar maydonda gʻalla yetishtirilgan boʻlib, mirishkor fermerlar tomonidan 27 050 tonna don yig’ib olish reja qilinmoqda.