Qabul davomida moddiy yordam, ishga joylashish, uy-joy ta’miri, kredit, kadastr hujjati kabi masalalar boʻyicha 15 nafar fuqaroning murojaatlari birma-bir muhokama qilindi. Har bir murojaat bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida fuqarolarga murojaatlari boʻyicha huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

