DataLife Engine / Bog‘otliklar muborak ziyoratga yo‘l oldilar

Bog‘otliklar muborak ziyoratga yo‘l oldilar

Bugun Bog‘ot tumanidagi 94 nafar vatandoshlarimiz Saudiya Arabistoniga jo’nab ketdilar.
Ertalabdan tuman hokimligida ziyoratchilarni safarga kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ko‘zlarida quvonch, nurli chehralarida xursandchilik, tillarida esa shukronalik ufurib turgan ziyoratchilarni safarga kuzatish marosimida tuman hokimi Jahongir Nazarov va sektor rahbarlari ishtirok etib, hamyurtlarimizga oq yo‘l tiladilar.
Ma’lumot uchun, “Haj-2024” dasturi doirasida Bog‘ot tumanidan jami 97 nafar ziyoratchi muborak ibodatni bajarishga yo‘l oladilar.




3-06-2024, 11:59
Вернуться назад