Uchrashuvda tumanimiz hududida toʻgʻridan toʻgʻri Xitoy sarmoyasi hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar, jumladan, terini qayta ishlash loyihalari hamda eksport masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, muloqot jarayonida tuman hokimi bugungi kunda Bog‘otda xorijiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilganini taʼkidlab, xitoylik tadbirkorni ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilma bilan taʼminlash, biznes vakillari uchun berilayotgan imtiyozlardan foydalangan holda qoʻllab-quvvatlash va boshqa koʻmak choralarini taqdim etishga tayyor ekanini bildirdi.