Mehmonlar jajji kichkintoylar, ularning ota-onalari va ustoz-murabbiylarni qoʻshaloq ayyom – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan qutlab, taʼlim tashkilotlarida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
Zamonaviy uslubda qurilgan ikki qavatli binoda o‘yin maydonchalari, oshxona, musiqa, sport zallari mavjud bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun mashgʻulotlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib borilishi rejalashtirilgan.


