DataLife Engine / Musobaqa g‘oliblari munosib taqdirlandi

Musobaqa g‘oliblari munosib taqdirlandi

Bugun tuman hokimligida respublika bo‘yicha 8, 9, 10, 11-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan fizika fanidan “Bolalar Ombudsmani sovrini” onlayn musobaqasida qatnashib, g‘olib va sovrindor bo‘lgan bog‘otlik o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Jahongir Nazarov musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar hamda ularning ustozlarini tabriklab, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, ularga barcha sohalarda oʻz iqtidori va salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar doirasi yildan-yilga kengayib borayotganligi xususida to‘xtaldi.


31-05-2024, 12:12
Вернуться назад