DataLife Engine / “DXX kubogi” musobaqalarining g‘oliblari taqdirlandi

“DXX kubogi” musobaqalarining g‘oliblari taqdirlandi

Bugun “Istiqlol” madaniyat va istirohat bogʻida sportning futbol va mini-futbol turi bo‘yicha “DXX kubogi” musobaqalarining tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Joriy yilning aprel oyida start berilgan mazkur musobaqa 1 600 ga yaqin yoshlarni qamrab oldi. Unda tumandagi mavjud 43 ta mahalla yoshlaridan iborat jamoalar o‘zaro bellashdi. Final o‘yinlari yakuniga ko‘ra, mini futbol bo‘yicha Dehqonobod mahalla yoshlari 1-o‘rinni, Qalajiqqal’a 2-o‘rinni, Yangi qadam mahallasi yoshlari 3-o‘rinni, futbol bahslarida esa chempionlikni Qorabog‘ mahallasi yoshlari qo‘lga kiritdi.
Qizlar o‘rtasidagi bahslarda esa 1-o‘rin 4-sektor yoshlariga nasib etdi.
Bayramona tarzda o‘tkazilgan taqdirlash marosimida ishtirok etgan tuman hokimi Jahongir Nazarov davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ilgari surilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, uni hayotga joriy etishda Davlat xavfsizlik xizmatining hissasi haqida so‘zlab, bu kabi musobaqalar yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish hamda isteʼdodli sportchilarni kashf qilishga xizmat qilayotganini taʼkidladi.
Tadbir yakunida musobaqa g‘oliblari hamda sovrindorlar kubok, medal, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.






30-05-2024, 12:14
Вернуться назад