DataLife Engine / Yosh o'smir mahallasida sayyor qabul o'tkazildi

Yosh o'smir mahallasida sayyor qabul o'tkazildi

Bugun Yosh o‘smir mahallasi Qulonqorabog‘ madaniyat markazi binosida tuman hokimi Jahongir Nazarovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda tumandagi barcha idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar
Sayyor qabulda tumanning turli hududlaridan kelgan 15 nafar fuqaro 16 ta masala bo‘yicha murojaat qildi. Jumladan, uy-joy ta’miri, moddiy yordam, kredit, kadastr hujjati, davolanish hamda ichimlik suvi kabi qator masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari, takliflari tinglandi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda oʻrganilib, qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam berish choralari koʻrildi.
Shuningdek, zarur hollarda murojaatchilarga tegishli masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.




30-05-2024, 12:15
Вернуться назад