Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 115-sonli qaroriga asosan Bog‘ot tumani Mehnat guli mahallasida yashovchi Xudayberganov Xudayor xonadonida eksportbop va serdaromad ekinlar ekish yuzasidan oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi boʻlim boshligʻi Zayniddin Fayzullayev va Kengash xodimi Ilhom Soliyevlar, viloyat, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xodimlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, “Tomorqa xizmati” YATT rahbarlari hamda hududdagi tomorqa yer egalari ishtirok etishdi.