“Bogʻot Silk Co” MCHJ korxonasida tashkil etilgan “pilla karvoni”da tuman hokimi Jahongir Nazarov va tajribali mutaxassislar so‘zga chiqib, pilla xom ashyosini qisqa muddatlarda yigʻib-terib olish choralarini koʻrish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdilar. Shundan so‘ng nuroniy otaxonlarning oq fotixasi bilan pilla topshirish mavsumi boshlandi.

