DataLife Engine / Ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarni bandligini ta’minlash bo‘yicha biznes loyihalar taqdimoti o'tkazildi

Ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarni bandligini ta’minlash bo‘yicha biznes loyihalar taqdimoti o'tkazildi

Bugun Beruniy mahallasi O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarni bandligini ta’minlash bo‘yicha biznes loyihalar taqdimoti hamda ishsiz fuqarolar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Yarmarkada ishtirok etgan Prezident Xalq qabulxonasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Umar Islamov, tuman hokimi Jahongir Nazarov ko‘rgazmadan joy olgan mahalliy sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar namunalari bilan tanishdi, tadbirkorlar bilan muloqotda boʻldi. Jumladan, yarmarkada ishtirok etayotgan Gulshan mahallasida yashovchi nogironligi bo‘lgan Hasanboyeva Laylo yashash xonadonida to‘quvchilik bilan shug‘ullanib, o‘z qo‘llari bilan tikkan mahsulotlarni sotish orqali daromad topmoqda. Shuningdek, ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida qo‘ziqorin yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkor faoliyati bilan ham tanishildi. Muloqot jarayonida tuman hokimi tadbirkorning faoliyatini kengaytirishda amaliy yordam berish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.




27-05-2024, 12:22
Вернуться назад