DataLife Engine / Qulonqorabog‘ mahallasida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi

Qulonqorabog‘ mahallasida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi

Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ularning muammolarini bevosita mahallalarda hal etish maqsadida navbatdagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvi Qulonqorabog‘ mahallasida oʻtkazildi
Tuman hokimi Jahongir Nazarov hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etgan uchrashuvda hududda istiqomat qilayotgan yoshlarning kredit, davolanish, subsidiya, bandlik kabi masalalar yuzasidan murojaatlari, takliflari tinglandi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolarning har biri tuman hokimi tomonidan alohida nazoratga olinib, tegishli tarzda ijobiy hal etish yuzasidan ma’sullarga topshiriqlar berildi.




25-05-2024, 12:23
Вернуться назад