Tuman hokimi ushbu oʻquv yilida tumanimizda xalq taʼlimi sohasida erishilgan yutuqlarga toʻxtalib, mustaqil hayotga qadam qoʻyayotgan yigit-qizlarga kelgusida oʻzlari tanlagan sohaning yetuk mutaxassislari boʻlib, jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlgan, yurt ravnaqiga munosib hissa qoʻshadigan insonlar boʻlib kamol topishini tiladi.
Shuningdek, tadbir yakunida oʻquv yilida yuqori natijalarga erishgan oʻquvchilar, ustozlar va ota-onalar tuman hokimining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.


