DataLife Engine / Futbol bo‘yicha “DXX kubogi” musobaqalarining finalchilari aniqlandi

Futbol bo‘yicha “DXX kubogi” musobaqalarining finalchilari aniqlandi

Sportning mini futbol turi bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalarining Bog‘ot tumani bosqichi yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Qalajiqqal’a mahallasi jamoasi Yangi qadam yoshlarini mag‘lubiyatga uchratib ilk finalchiga aylangan bo‘lsa, ikkinchi yarim final bahsida Dehqonobod mahallasi yoshlari Oq oltin yoshlarini dog’da qoldirib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.




22-05-2024, 12:27
Вернуться назад