Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ularning muammolarini bevosita mahallalarda hal etish maqsadida navbatdagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvi Paxtaobod mahallasi yoshlari bilan oʻtkazildi. Tuman hokimi Jahongir Nazarov hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etgan uchrashuvda hududda istiqomat qilayotgan yoshlarning kredit, ishga joylashish, dehqonchilik faoliyati bilan shug'ullanish uchun yer ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaatlari, takliflari o'rganildi. Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolarning har biri tuman hokimi tomonidan nazoratga olinib, tegishli tazrda ijobiy hal etish yuzasidan ma'sullarga topshiriqlar berildi. Ochiq muloqot tarzida o'tgan uchrashuv yakunida tuman hokimi mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalash haqida toʻxtaldi va mahalla yoshlarini 30-iyun — Yoshlar kunini ko'tarinki kayfiyatda oʻtkazishni tiladi.