Yaqinda Qirg‘izistonning Issiqko‘l shahrida o‘tkazilgan karate WKF bo‘yicha xalqaro turnirda Bogʻot tuman sport maktabining 5 nafar o’quvchisi kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ushbu sport maktabning murabbiyi Ollaberganov Umrbek turnirning eng yaxshi referisi deb topildi. Bugun tuman hokimi Jahongir Nazarov sportchi yoshlar va ularning ustozlari bilan uchrashdi, ularni erishilgan natijalar bilan yana bir bor muborakbod etib, munosib taqdirladi.