“Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan xotin-qizlarga tikuv mashinalari topshirildi
Bugungi kunda Bog‘ot tumanida xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ularning uy sharoitida daromad olishiga koʻmaklashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun tuman hokimi Jahongir Nazarov “Yoshlar daftari”da turuvchi nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalarini topshirdi. Tuman hokimi yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbatda oʻz ustida ishlashni, oʻz-oʻzini band qilishni xohlovchi har bir fuqaro uchun, albatta, yordam berilishini, davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanilishi kerakligini taʼkidladi.