DataLife Engine / Bosh prokuror oʻrinbosari Bog'ot tumanida o'rganish ishlarini olib bordi

Bosh prokuror oʻrinbosari Bog'ot tumanida o'rganish ishlarini olib bordi

Bosh prokuror oʻrinbosari Salom Samadov tomonidan Bog‘ot tumanida qurilishga oid davlat dasturlari ijrosi, byudjet xarajatlarini optimallashtirish va boshqa yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli oʻrganildi. Xususan, o‘rganish jarayonida Oq oltin, Madaniyat, Yangi qadam mahallalarida maktab, bog‘cha va boshqa ijtimoiy soha obyektlari qurilishi jarayoni bilan tanishilib, loyihalarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining batafsil yoritilishi, binolar joylashtirilishida bosh reja talablariga rioya qilinishi, shuningdek, qurilishda mahalliy mahsulotlar ishlatilishi hisobiga tannarxning kamayishiga erishish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tashrif davomida Oq tepa va Beruniy mahallalarining oqova suv tarmoqlari bilan ta’minlovchi inshootning qurilish ishlari bilan tanishilib, ishlarni yanada jadallashtirish boʻyicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
4-07-2024, 19:30
Вернуться назад