Bugun tuman hokimi Jahongir Nazarov xorijiy mamlakatlarda mehnat qilayotgan bog‘otlik yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Videokonferensiya aloqa shaklida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda ayni kunda Rossiya Federatsiyasida istiqomat qilayotgan 35 nafar mehnat migrantlari ishtirok etdi. Muloqot davomida tumanimiz yoshlaridan turli masalalarda, xususan, tadbirkorlik imtiyozlaridan foydalanish, kredit olish, uy-joy, subsidiya, bandlik, elektr masalalarida murojaat va takliflar kelib tushdi. Tuman hokimi har bir murojaat shaxsan o‘zining nazoratida ekanligini, ko‘tarilgan masalalar qonun doirasida ijobiy hal etilishini bildirib, xorijda ishlab yurgan bog‘otliklar alohida e’tiborda ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, xorijda ishlab va o‘qib yurgan yoshlar bilan bu kabi onlayn muloqotlar tez-tez tashkil etilishi belgilandi.