Bugun Oltinqum mahallasida tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan gʻalladan boʻshagan yer maydonlarida takroriy ekin ekishni tashkil qilish hamda ishsiz aholiga hamda yoshlarga boʻlib berish orqali ularning bandligini taʼminlash, daromadini oshirish boʻyicha dala sharoitida seminar tashkil qilindi. Seminarda dala mehnatkashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, mavsumda gʻalladan boʻshagan maydonlarni shudgorlash, takroriy ekinlarni joylashtirish hamda ekish ishlarini tizimli va uyushqoqlik bilan tashkil etish boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi.