DataLife Engine / Yoshlar bandligi ta'minlanmoqda

Yoshlar bandligi ta'minlanmoqda

Bugungi kunda Bog‘ot tumanida yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni doimiy ish joyiga ega boʻlishiga koʻmaklashish, har bir yosh jamiyatda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoit yaratish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun tuman hokimi Jahongir Nazarov “Yoshlar daftari”da turuvchi 4 nafar yoshlarga subsidiya asosida tikuv mashinasi hamda kompyuterlarni topshirdi. Tuman hokimi yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbatda bunday imkoniyat, sharoitlardan unumli va to‘g‘ri foydalanish zarurligini ta’kidlab, oʻz ustida ishlashni, oʻz-oʻzini band qilishni xohlovchi har bir fuqaro uchun, albatta, davlat tomonidan har tomonlama yordam berilishi xususida so'z yuritdi.

8-07-2024, 10:43
Вернуться назад