Bundan bir oy avval muqaddas safarga otlangan bog‘otlik ziyoratchilar Haj ziyoratini yorugʻ yuz bilan, mukammal tarzda ado etgan holda Saudiya Arabistonidan yurtimizga qaytib keldi. Yuzlarida ulugʻ ziyorat fayzi, shukronalik hissi va yurt sogʻinchi ifodasi koʻrinib turgan hojilar tuman hokimi Jahongir Nazarov, sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan hurmat va ehtirom bilan kutib olindi. Ziyoratchilarimiz Makkadan sogʻ-u salomat qaytishgani va yaqinlari diydoriga yetishgani uchun shukrona keltirish asnosida, duoga qoʻl ochib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini tiladilar.