Bog’ot tumanida joylashgan Turkiston podstansiyasidagi 6 300 kVA transformator o’rniga 10 000 kVA bo’lgan yangi zamonaviy kuch transformatori o’rnatildi. Ushbu podstansiyaga 10 000 kVA bo’lgan transformator o'rnatilishi orqali Bog'ot tumanining jami 12 000 dan oshiq aholi xonadonlari va 500 ga yaqin kichik, o'rta va yirik ishlab chiqarish obektlarining elektr energiyasi ta'minoti yaxshilandi. Ma'lumot uchun, Turkiston podstansiyasidagi T-1 6 300 kVA transformator o'rniga 10 000 kVA transformator o'rnatilishi natijasida 3,7 MVA qo'shimcha zahira quvvat yaratildi.