Bugun Bo‘ka mahallasidagi 13-sonli maktabda tuman hokimi Jahongir Nazarovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda tumandagi barcha idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. Sayyor qabulda tumanning turli hududlaridan kelgan 13 nafar fuqaro 14 ta masala bo‘yicha murojaat qildi. Jumladan, uy-joy ta’miri, subsidiya, bandlik, davolanish, kredit, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yer ajratish kabi qator muammoli masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda oʻrganilib, qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam berish choralari koʻrildi. Shuningdek, zarur hollarda murojaatchilarga tegishli masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.