Bogʻot tuman IIB boshligʻi E.E.Axmedovning tashabbusi bilan ishsiz va tibbiy koʻrikka muhtoj fuqarolar, shuningdek, “Ayollar daftari”da turgan xotin-qizlar, probatsiya hisobida turganlarni bandligini taʼminlash va tibbiy koʻrikdan oʻtkazish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasida boʻsh ish oʻrinlar yarmarkasi va bepul tibbiy koʻrik tashkil qilindi. Oʻtkazilgan tadbirda ishtirok etgan 149 nafar fuqarodan 13 nafari doimiy ishga joylashtirilib, 18 nafariga kasb-hunarga oʻqitish uchun yoʻllanma berilgan bo'lsa, 118 nafar fuqaro bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Shuningdek, tadbir davomida tuman IIB boshligʻi respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarni turli aldovlar yo‘li bilan mablag‘larini o‘g‘irlash holatlari ko‘p kuzatilayotganligini ta’kidladi hamda ushbu jinoyatlar qurboniga aylanib qolmaslik bo‘yicha kerakli tavsiyalarni berdi.