Tuman hokimi Jahongir Nazarov Gulzor mahallasi yoshlari bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini o‘rgandi. Ochiq muloqot tarzda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlarning kadastr, davolanish, uy-joy ta’miri, elektr, mahalla ko‘chalariga qum-shag‘al aralashmasi tashlash masalalarida murojaatlari tinglandi. Tuman hokimi yoshlar bilan samimiy suhbat qilib, har birining hayot tarzi bandligi, qiziqishlari va maqsadlarini o‘rganib, o‘zining taklif va mulohazalarini bildirdi. Yoshlarning murojaatlari atroflicha tahlil qilindi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ul rahbarlarga qo‘shimcha topshiriqlar berildi. Shuningdek, uchrashuv davomida mahalladagi boshqa fuqarolarning ham turli masalalar yuzasidan murojaatlari oʻrganilib, qonuniy hal qilish, ularga amaliy yordam koʻrsatish choralari koʻrildi. Tuman bo‘ylab aholi muammolarini o‘rganish va ularni tizimli hal qilish ishlari davom etmoqda.