Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov xorijda mehnat qilayotgan Gulzor mahallasi yoshlari bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Videokonferensiya aloqa shaklida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda ayni kunda Rossiya Federatsiyasida istiqomat qilayotgan 6 nafar bog‘otlik mehnat migrantlari ishtirok etdi. Jarayonda tumandoshlarimiz tomonidan koʻtarilgan masalalar, muammolarni ijobiy hal etish, zarur hollarda, huquqiy yordam koʻrsatish yuzasidan mutasaddilarga koʻrsatma va topshiriqlar berildi. Har bir murojaat shaxsan tuman rahbari tomonidan qatʼiy nazoratga olindi hamda bu kabi muloqotlar formatini saqlagan holda ishtirokchilarni kengroq jalb etish va muntazam ravishda o‘tkazib borish belgilandi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati