Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov raisligida tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sektor rahbarlari, huquqbuzarliklar profilaktikasiga masʼul va koʻmaklashuvchi idoralar, jamoat tashkilotlarining jinoyat va huquqbuzarliklarning sabablarini, sodir etilishiga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish borasidagi faoliyati yuzasidan idoralararo yigʻilish boʻlib oʻtdi. Mazkur yigʻilishda huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari bilan birga jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasiga masʼul va koʻmaklashuvchi idora rahbarlari, mahalla yettiligi a’zolari ham ishtirok etishdi. Kun tartibida 2024-yilning o‘tgan 6 oyi davomida tuman hududida sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarni kelib chiqishiga sabab boʻlgan omillar va shart-sharoitlar muhokama etilib, kelgusida bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan maqsad va vazifalar belgilab olindi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati