Uchrashuvda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qoʻllab-quvvatlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berish masalalariga eʼtibor qaratildi. Bugungi kunda Bogʻot tumanida 1582 ta kichik va oʻrta biznes subyekti mavjud boʻlib, ularning yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarishdagi ulushi yildan yilga ortib bormoqda. Joriy yilda yangidan 292 ta tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi. Ochiq muloqot davomida tadbirkorlarning biznes faoliyatlarini yanada rivojlantirish boʻyicha taklif va murojaatlari tinglanib, bu yuzadan zarur chora-tadbirlar belgilandi.