Besh tashabbus olimpiadasi doirasida mahallalardagi yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining tuman bosqichi o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan yoshlar tuman hokimi Jahongir Nazarov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tuman hokimi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘l olgan jamoa vakillariga kelgusidagi musobaqalarda tumanimiz sharafini munosib himoya qilishni tiladi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati