Bugungi kunda Bog‘ot tumanida yoshlar muammolarini o‘rganish va tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Joylarda tashkil etilayotgan ochiq muloqotlar esa bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugun Uzumzor shaharchasida sektor rahbarlari va yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Jahongir Nazarov, sektor rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdi. Rasmiyatchilikdan xoli, o‘zaro samimiy muloqot ruhida o’tgan uchrashuvda yoshlar sektor rahbarlariga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, yangi gʻoya va tashabbuslari hamda muammoli masalalari yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilib, savollariga javob olishdi. Uchrashuvda yoshlarning imtiyozli kredit ajratish, subsidiya, ishga joylashish, IT sohasi, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish kabi qator masalalar yuzasidan murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularga amaliy yordam berish chora-tadbirlari belgilandi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati