Mustaqillik-oliy qadriyat, ota-bobolarimizning ezgu intilishi roʻyobidir. Bu yil Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga 33 yil toʻladi. Har yili oʻziga xos anʼana va oʻziga xos ezgu gʻoya asosida keng nishonlanadigan ushbu kun yurtdoshlarimiz qalbida chin maʼnoda shukronalik hissini uygʻotadi. Shu kabi ezgu maqsadlar yo‘lida Bog‘ot tumanining Navbahor mahallasida “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan holda yurtdoshlarimizga xushkayfiyat ulashish orqali xalqimiz uchun eng ulugʻ va eng aziz bayram bo‘lgan mustaqillik shukuhini keng targʻib etish maqsadida konsert dasturi tashkil etildi. Tumanimiz estrada sanʼatining yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturi mahalla ahliga bir olam quvonch, unutilmas taassurotlar ulashdi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati.