Bugun tuman hokimligida yosh oilalardagi ajrimlarni oldini olish maqsadida “Oila muqaddas” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyatida inson va uning manfaatlari ustuvor ekanligi, koʻzlangan maqsadga erishishda hayotimizning ajralmas qismiga aylangan oilaning oʻrni beqiyosligi, yurtimizda azaldan oila muqaddas qoʻrgʻon sifatida e'zozlanganligini, yosh oilalardagi ajrimlarning oldini olishni ahamiyati, oilaning muqaddasligi haqida toʻxtaldi. Shuningdek, uchrashuv davomida xotin-qizlarni muammolari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ishtirokchilarga tegishli maslahatlar berib o‘tildi.