Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining bir yuz o‘n to‘rtinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishini tuman hokimi, xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashi raisi Jahongir Nazarov boshqarib bordi. Sessiyada tuman sektor rahbarlarining tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi. Shuningdek, sessiya kun tartibiga tumandagi ayrim qabristonlarni nomlash va qayta nomlash, 2024-yilning birinch yarim yilligida tumanda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarining ahvoli, xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash hamda shu kunning boshqa dolzarb masalalari kiritildi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalardan so’ng sessiyada koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati