Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi arafasida hamda Xalqlar do’stligi kuni munosabati bilan Bog‘ot tumanining Yuksalish mahallasida “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan holda yurtdoshlarimizga xushkayfiyat ulashish orqali xalqimiz uchun eng ulugʻ va eng aziz bayram bo‘lgan mustaqillik shukuhini keng targʻib etish maqsadida madaniy-ma’rifiy konsert dasturi bo’lib o’tdi. Tumanimiz estrada sanʼatining yulduzlari vatanimiz mustaqilligi, inson qadri madh etilgan chiqishlari bilan mahalla ahliga bir olam quvonch, unutilmas taassurotlar ulashdi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati.