DataLife Engine / Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi

Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi

Yoshlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik, ularga zamonaviy bilimlar berish va iqtidorini rivojlantirish masalalari davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bugungi davlat siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Tuman hokimi Jahongir Nazarov hamda sektor rahbarlari ishtirokida bevosita mahallalarda yoshlar bilan oʻtkazilayotgan ochiq muloqotlardan koʻzlangan maqsad ularning kundalik hayotidagi ijtimoiy-maishiy muammolariga oqilona yechim topishdan iborat. Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi O‘zgarish mahallasida tashkil etildi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida oʻtkazilgan uchrashuv davomida qizgʻin savol-javoblar formatida yoshlarning oʻzlarini qiziqtirgan masalalar boʻyicha murojaatlari, taklif va gʻoyalari tinglandi, ularning har biri sektor rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olindi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
1-08-2024, 19:30
Вернуться назад