Bog’otlik Uchqun Quronboyev para-dzyudo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi. Xalqaro ko‘zi ojizlar sport federatsiyasi tomonidan para-dzyudo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini beruvchi yakuniy reyting e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Fransiya poytaxtida bo’lib o’tadigan Paralimpiya o’yinlarida ishtirok etadigan 8 nafar o‘zbekistonlik para-dzyudochilar qatorida bog’otlik Uchqun Quronboyev ham -73 kg vazn toifasida Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo’lga kiritdi. Uchqun Quronboyevga Parijda bo’lib o’tadigan Paralimpiya o’yinlarida omad tilaymiz.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati