Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Bog‘ot tumani markazidagi “Istiqlol” madaniyat va istirohat bogʻida “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida yurtdoshlarimizga xushkayfiyat ulashish orqali xalqimiz uchun eng ulugʻ va eng aziz bayram bo‘lgan mustaqillik shukuhini keng targ‘ib etish maqsadida madaniy-ma’rifiy konsert dasturi bo‘lib o’tdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at va madaniyat xodimlari hamda viloyatimiz estrada san’atining yulduzlari vatanimiz mustaqilligi, inson qadri madh etilgan chiqishlari bilan yig‘ilganlarga quvonch, unutilmas taassurotlar ulashdi. Davlatimiz mustaqilligining 33 yilligi arafasida tumanimiz bo‘ylab yurtdoshlarimizning mazmunli madaniy hordik chiqarishlari uchun turli madaniy-ma’rifiy, ko’ngilochar tadbirlar davom etmoqda.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati