Aholi muammolarini manzilli o‘rganish hamda ularga o‘sha mahallaning o‘zida yechim topish maqsadida joylarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda, bugun Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov boshchiligidagi sektor va tashkilotlar rahbarlarining Nayman mahallasi fuqarolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yuzma-yuz muloqot, savol-javob formatida oʻtkazilgan uchrashuvda ishtirokchilarning muammoli masalalar, jumladan, uy-joy ta’miri, suv, elektr, ijtimoiy nafaqa tayinlash, kadastr kabi bir qator masalalar yuzasidan murojaatlari, takliflari tinglandi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda oʻrganilib, qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam berish choralari koʻrildi. Shuningdek, zarur hollarda murojaatchilarga tegishli masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati