Ayni damda Sharq gavhari sanalgan qadimiy va hamisha navqiron Xiva shahrining “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida anʼanaviy qovun sayli boʻlib oʻtmoqda. Xorazm qovunchiligini keng targ‘ib qilish orqali mahalliy va xorijiy sayyohlarni e’tiborini qaratish va turistlar oqimini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan qovun saylida Bog‘ot tumani ham o‘ziga ajratilgan pavilyonni bayramona bezatgan holda, tumanimiz hududlarida yetishtirilgan shirin-shakar qovunlar bilan qatnashmoqda.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati