Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining bir yuz o‘n beshinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishini tuman hokimi, xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashi raisi Jahongir Nazarov boshqarib bordi. Sessiya kun tartibiga Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish, 2024-yilning II choragi davomida tumandagi sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati, tuman mahalliy budjetining joriy yilning 6 oyi ijrosi hamda shu kunning boshqa dolzarb masalalari kiritildi. Shuningdek, kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalardan so‘ng sessiyada koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati