Bugun Bog'ot tumani hokimligida tumandagi "ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillariga ko'rsatilayotgan yordamlar" mavzusida jurnalist va blogerlar uchun ochiq muloqot tashkil etildi. Ochiq muloqotda ishtirok etgan mutasaddi rahbarlar tumandagi muhtoj aholi vakillariga ko'rsatilayotgan yordamlar hamda ushbu aholi qatlamini qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.