Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish, iste'molchilarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan podstansiyalarning quvvati bosqichma-bosqich oshirilmoqda. Bugungi kunda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan Bog'ot tumanida joylashgan 110/35/10 kV "Bog'ot" podstansiyasidagi T-1 quvvati 16 000 kVA kuch transformatori, quvvati 25 000 kVA kuch transformatoriga almashtirildi. Endilikda elektr qurilmalarni o'rnatish va to'liq montaj ishlari bajarilmoqda. Ushbu amaliy ishlar natijasida yangidan tashkil qilinishi rejalashtirilgan ishlab chiqarish korxonalari uchun podstansiyada 9 000 kVA qo'shimcha quvvat yaratilib, 24 000 dan oshiq aholi va ulgurji iste'molchilarning elektr ta'minoti yaxshilanadi.