Ayni damda Xiva shahrining “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi hududida anʼanaviy qovun sayli boʻlib oʻtmoqda. Festivalda Bogʻot tumani ham oʻziga ajratilgan pavilyonni bayramona bezatgan holda, tumanimiz hududlarida yetishtirilgan shirin-shakar qovunlar bilan qatnashmoqda. Pavilyonda turli meva-sabzavotlar, poliz ekinlari, hunarmandchilik va milliy liboslari koʻrgazmalari, konsert dasturlari namoyish etilmoqda.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati