Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov boshchiligidagi sektor rahbarlari xorijda mehnat qilayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Videokonferensiya aloqa shaklida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda ayni kunda Rossiya Federatsiyasida istiqomat qilayotgan 11 nafar bog‘otlik mehnat migrantlari ishtirok etdi. Jarayonda tumandoshlarimiz tomonidan koʻtarilgan masalalar, muammolarni ijobiy hal etish, zarur hollarda, huquqiy yordam koʻrsatish yuzasidan mutasaddilarga koʻrsatma va topshiriqlar berildi. Uchrashuv davomida koʻtarilgan har bir murojaat shaxsan tuman hokimi tomonidan qatʼiy nazoratga olindi. Tuman bo‘ylab aholi muammolarini o‘rganish va ularni tizimli ravishda hal qilish hamda fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati